Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Apple iPhone SE va X’ni «ko‘mdi»

Apple iPhone SE va X’ni «ko‘mdi»

Apple kompaniyasi rasmiy saytdan iPhone X, SE va 6s haqidagi ma’lumotni olib tashladi. Bu esa, smartfonlarni ishlab chiqarish hamda sotish to‘xtatilganini anglatadi.

Kompaniya 12 sentyabr, chorshanba kuni taqdimot o‘tkazib, yangi smartfonlarini ko‘rsatdi. Ularning anonsidan keyin saytdan «eskirgan» telefonlar olib tashlandi. Shu tariqa, hozirgi paytda faqat Phone Xs, Xs Max, Xr, 8 va 7’ni sotib olish mumkin. Kompaniya bu modellar uchun aksessuarlar sotuvini ham to‘xtatdi.

Bundan tashqari, yangi iPhone’lan to‘plamida 3,5 millimetrlik jekka Lightning’ga ega bo‘lgan o‘tkazgich bo‘lmaydi hamda kompaniyaning barcha hozirgi smartfonlari quloqchinlar uchun raz’yomlar bo‘lmaydi.

Yangi iPhone Xs va Xs Max diagonali 5,8 hamda 6,5 dyuym bo‘lgan OLED-displeylarga ega. iPhone Xr 6,1-dyuymlik IPS-ekran bilan jihozlandi. Barcha uchta smartfon yangi Apple A12 prosessori bazasida ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple yangi Apple Watch Series 4’ni taqdim etgandi.

Manba: kun. uz 

Kiritildi: 15:38 13.09.2018. O'qildi: 1140 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!