«Apple» kompaniyasi bosh direktori Tim Kuk 2011 yildan beri egallab kelayotgan lavozimini tark etadi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Uning o‘rnini avvalroq «Apple»ning qurilmalarni ishlab chiqish bo‘yicha katta vise-prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan Jon Ternus egallaydi.
Kukning o‘zi esa kompaniya boshqaruvining ijrochi raisi etib tayinlanadi.