Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

AOKA «Qalampir.uz» muxbirining Toshkent viloyati sudiga kiritilmagani bo‘yicha bayonot berdi

AOKA «Qalampir.uz» muxbirining Toshkent viloyati sudiga kiritilmagani bo‘yicha bayonot berdi

«Qalampir.uz» sayti muxbirlarining jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudiga kiritilmagani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bugun ushbu holatga oydinlik kiritish yuzasidan Oliy sud Axborot xizmati rahbari Aziz Abidovga murojaat qilindi. Aytilishicha, mazkur holat ayni paytda o‘rganilmoqda va natijasi haqida alohida bayonot beriladi.

Ushbu holat — sud tizimida shaffoflikni va jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish maqsadida jurnalistlarning ochiq sud majlislarida ishtirok etishi mexanizmini tashkil qilish bo‘yicha Oliy sud Plenumining qarorini imkon qadar tezroq joriy qilish zaruratini ko‘rsatmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasiga ko‘ra jurnalistlar sudlarning ochiq majlislarida va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish huquqi Oliy sud Plenumi qarorining asosiy mezoni bo‘lishi lozim, chunki sudlar faoliyatining ochiq va shaffofligi axborot ochiqligi va oshkoralik siyosatining amalga oshishida ham muhim ahamiyatga ega.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, o‘tgan uch yil mobaynida so‘z erkinligiga doir islohotlar jamiyatimiz hayotida tub burilish yasagani, xalqimizni qiynayotgan har turli muammolarni ko‘rsatib berayotgan eng katta kuch – bu mustaqil va xolis ommaviy axborot vositalari ekanligini unutmaslik zarur.

O‘ylaymizki, Oliy sud mutasaddilari vaziyatga xolisona baho berib, tegishli zarur choralarni ko‘radi.

 

Kiritildi: 17:44 23.01.2020. O'qildi: 1863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!