Bugun 5 iyul, 2024 yil, juma

КИР

Antoniu Guterrish ertaga O‘zbekistonga keladi

Antoniu Guterrish ertaga O‘zbekistonga keladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish 29 iyun kuni Markaziy Osiyo tomonga yo‘l oladi.

«Report»ning AQSh byurosiga tayanib, xabar berishicha, Bosh kotib avvaliga O‘zbekistonda bo‘ladi, so‘ngra Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga boradi.

A.Guterrish tashrifi davomida har bir davlat rahbari va boshqa yuqori martabali davlat amaldorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, u iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq loyihalar bilan tanishadi va Qozog‘istondagi mahalliy hamjamiyat va faol yoshlar bilan uchrashadi. Bosh kotib 4 iyul kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ham ishtirok etadi.

Sayohat 7 iyul kuni yakunlanadi.

Kiritildi: 22:40 28.06.2024. O'qildi: 1027 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!