Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Antiqa rekord: olmos bilan bezatilgan lablar (foto+video)

Antiqa rekord: olmos bilan bezatilgan lablar (foto+video)

Dunyodagi eng qimmatbaho lab makiyaji Ginness rekordlar Kitobiga kiritildi.

Avstraliyadagi zargarlik kompaniyasining 50 yilligi munosabati bilan vizajist Kler Mak makiyaj dizaynini ishlab chiqdi va 126 ta olmos toshni modelning lablariga yopishtirib chiqdi. Jami olmos toshlarning og‘irligi 23 karat edi.

Dunyodagi eng qimmat lab makiyajini yaratish uchun ikki yarim soatdan ko‘proq vaqt talab etildi.Makiyajning narxi qariyb 550 ming AQSh dollarni tashkil etdi.

Taqdimotda, olmoslar xavfsizligini ta’minlash maqsadida polisiya xodimi ham ishtirok etdi.

Kiritildi: 13:35 16.01.2019. O'qildi: 3821 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!