Namangan viloyati Davlatobod tumanida yashovchi, 1990 va 1993 yillarda tug‘ilgan 2 nafar ayol mahalliy 2 nafar qizning ishonchiga kirib, ularni Turkiyaning Antaliya shahriga fohishalik bilan shug‘ullanish uchun yuborish hamda u yerda topadigan daromadlarining yarimini o‘zlashtirishni reja qilishgan. Shu maqsadda ular qizlarni «Toshkent – Antaliya» yo‘nalishi bo‘yicha xorijga jo‘natish uchun poytaxt aeroportiga olib ketayotgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Chust tumani hududida to‘xtatib qolindi. Ta’kidlash lozimki, 1990 y.t. ayol muqaddam ham shu turdagi jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan bo‘lsada, o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan. Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.