Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Anqara va Vashingtonning maxfiy kelishuvi ortidan AQSh sanksiyalarni yumshatishi mumkin

Anqara va Vashingtonning maxfiy kelishuvi ortidan AQSh sanksiyalarni yumshatishi mumkin

AQSh va Turkiya o‘rtasidagi maxfiy kelishuvga binoan amerikalik pastor (protestantlarning ruhoniysi) Endryu Branson keyingi sud yig‘ilishidan so‘ng ozod etilishi kerak. Bu haqda ikki yuqori lavozimli mansabdor shaxsga iqtibos keltirgan holda NBC'ga tayanib, Turon24 xabar bermoqda.

Bransonning ozod qilinishi bo‘yicha dastlabki kelishuv BMT Bosh assambleyasida davlatlar yuqori lavozimli amaldorlari yig‘ilishida Turkiya va AQSh vakillari ishtirokida bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Pastorning ishi bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish 12 oktyabrda o‘tkazilishi belgilangan. Vashington Endryu Branson ozod etilgandan keyin AQShga qaytishiga umid qilmoqda.

AQSh va Turkiya o‘rtasidagi kelishuv tafsilotlari keltirilmagan. Biroq telekanal ma’lumotiga ko‘ra, AQSh pastorning ozod etilishi evaziga Turkiyaga iqtisodiy bosimni yengillashtirib, ba’zi sanksiyalarni olib tashlaydi.

Kelishuv haqidagi maxfiy shartnoma haqida Amerikadagi Turkiya elchixonasi ham, Oq uy matbuot xizmati ham izoh bermagan. Biroq ikki mamlakat rasmiylari so‘nggi haftalarda Bransonni ozod etilishiga ishora qilmoqda.

Turkiyada 2016 yildagi davlat to‘ntaruviga urinishga aloqdorlikda gumon qilinib amerikalik pastor Endryu Branson hibsga olingan edi. Branson 2016 yil oktyabrdan beri hibsda ushlab turilibdi. Turkiya hukumatining iddao qilishicha, u muxolifatchi Fatxulloh Gyulen tashkiloti a’zosi hisoblanadi. Vashington o‘z fuqarosini ozod qilishga urinib kelmoqda, Biroq Anqara bir necha bor rad javobini bergan. Bunga javoban AQSh pastorning hibsga olinishiga aloqador turk amaldorlariga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 20:40 12.10.2018. O'qildi: 1355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!