Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Angrenda ko‘p qavatli uylar tomida yong‘in sodir bo‘ldi

A A A
Angrenda ko‘p qavatli uylar tomida yong‘in sodir bo‘ldi


✍️Favqulotda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, (https://t.me/MCHSUzbek/6366) joriy yilning 28 sentyabr kuni soat 12:42 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Angren shahar 4-dahada joylashgan to‘rt qavatli 11-uyning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

🔹Xabarga ko‘ra, 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 1 ta avtonarvon texnikasi soat 12:48 da voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 13:30 da bartaraf etilgan. Halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

🔹Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kiritildi: 16:23 28.09.2021. O'qildi: 1198 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik