25 avgust kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida qotillik yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, shu shaharda yashovchi A.S. ismli ayol uyida o‘zaro janjal oqibatida mast holda bo‘lgan, birga yashagan rasmiy nikohsiz turmush o‘rtog‘i V.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
Natijada V.M. kasalxonaga keltirilgan vaqtida vafot etgan. A.S. ushlangan.