Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Angliyada bo‘ron tufayli minglab uylar evakuasiya qilindi

Angliyada bo‘ron tufayli minglab uylar evakuasiya qilindi

Angliya shimolida va qirg‘oq bo‘yidagi shaharlarda minglab uylar 20 yanvar kuni Buyuk Britaniyaga kirib kelgan “Kristof” bo‘roni oqibatida evakuasiya qilindi, deb xabar berdi mamlakat favqulodda xizmati.

Gap, xususan, Manchester va uning atrofidagi hudud, shuningdek Uels haqida ketmoqda.

Kuchli shamol, yomg‘ir va qor yog‘ishi natijasida kommunal xizmatlar ishlamay qolgan, elektr uzatish tarmoqlari shikastlangan. Daryolardagi suv sathi juda xavfli darajaga etgani bois mintaqada toshqin xavfi mavjud.

Angliya shimolida yashovchilarga esa zarurat bo‘lmasa, uydan chiqmaslik so‘ralgan, Manchester va Liverpul, shuningdek, York va Lids o‘rtasidagi poyezdlar qatnovi ham bekor qilingan.

Kiritildi: 22:30 21.01.2021. O'qildi: 1628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!