Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Angliya banki bazaviy foiz stavkasini 1,75 foizga oshirdi

Angliya banki bazaviy foiz stavkasini 1,75 foizga oshirdi

Angliya banki bazaviy foiz stavkasini 1,25 foizdan 1,75 foizga oshirdi. Bunday qaror Buyuk Britaniya va Yevropada inflyasiya darajasining keskin oshgani sababli qabul qilindi, deya xabar berdi Yeuronews.

Shu bilan birga, Angliya banki bo‘lajak pul-kredit siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida qat’iy choralar ko‘rishi mumkinligini e’lon qildi. «Energetika narxlarining oshishi tufayli daromadlar kamaydi. Shu tariqa, Buyuk Britaniya va Yevropa davlatlarida iqtisodiy faollik darajasi yomonlashmoqda», - dedi Angliya banki rahbari Endryu Beyli.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi keskinlik Buyuk Britaniyadagi inflyasiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatgan asosiy omil hisoblanadi.

Shuningdek, Endryu Beyli inflyasiyani 2 foiz darajasiga qaytarishga yordam beradigan pul-kredit siyosatini amalga oshirishdan bosh tortmasligini aytdi.

Kiritildi: 12:34 07.08.2022. O'qildi: 1871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!