Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonlik fuqaro oilaviy janjal sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Andijonlik fuqaro oilaviy janjal sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Andijon viloyatining Asaka tumanida yashovchi erkak oilaviy kelishmovchilik sabab xotini bilan janjallashib qolib, uni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda «Daryo»ga Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2020 yilning 4 sentyabr kuni taxminan soat 12:40 da Asaka tumani, «Qadriyat» mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro M.U. turmush o‘rtog‘i M.N. bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab janjallashib qolib, xo‘jalik pichog‘i bilan xotinining bo‘yin va qorin qismiga urgan va unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda M.N. voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qotil er qo‘lga olingan. Tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Viloyat IIB axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, kecha 5 sentyabr kuni ushbu holat «Qadriyat» mahallasida yashovchi keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilingan. Unda jinoyatning kelib chiqish sabablari tahlil qilingan.

Kiritildi: 18:43 06.09.2020. O'qildi: 5127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!