Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, qaynotasining mashinasini yoqib yuborgan kelinga sud hukmi o‘qildi

Andijonda turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, qaynotasining mashinasini yoqib yuborgan kelinga sud hukmi o‘qildi

Andijon shahrida turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib qolib, qaynotasining mashinasini yoqib yuborgan kelinga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Daryo»ga Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudya katta yordamchisi Komronshoh Rasulov ma’lum qildi.

Mazkur ishni ko‘rib chiqqan Jinoyat ishlari bo‘yicha Jalaquduq tuman sudida Andijon shahrida yashovchi Shohista Nusratxo‘jayeva (ismlar o‘zgartirilgan) jabrlanuvchi O‘tkir Hikmatov bilan 2013 yildan buyon shar’iy nikoh asosida yashab kelganini, bir nafar qiz farzandi borligini bildirgan.

«Turmush o‘rtog‘im bilan dastlabki uch yilda yaxshi yashadik. Keyin o‘zaro kelishmovchiliklar sababli tez-tez janjallashadigan bo‘lib qoldik. 2020 yilning mart oyida u bilan yana tortishdik. Shunda erim ota-onamni haqoratli so‘zlar bilan kamsitdi. Bundan jahlim chiqib, u minib yurgan mashinaga benzin sepib, yoqib yubordim», — dedi Shohista Nusratxo‘jayeva.

Ma’lum bo‘lishicha, yuz bergan holat natijasida sudlanuvchining qaynonasi nomida bo‘lgan Damas’ning o‘ng tomon old yoritkich chirog‘i va yon oynasi issiqlik ta’sirida erib ketgan. Qaynonasining nomidagi ikkinchi mashina ham ancha yongan. Natijada jabrlanuvchi jami 23 million so‘mdan ortiq zarar ko‘rgan.

Sud sudlanuvchi Shohista Nusratxo‘jayevani Jinoyat kodeksining 173-moddasi 2-qismi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan aybli deb topib, qilmishi uchun bir yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlagan. Shuningdek, undan jabrlanuvchi O‘tkir Hikmatov foydasiga yetkazilgan moddiy zararni undirish belgilangan.

Kiritildi: 16:05 17.11.2020. O'qildi: 2599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!