Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda tovlamachilik yo‘li bilan 300 AQSh dollarini olmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Andijonda tovlamachilik yo‘li bilan 300 AQSh dollarini olmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 14 aprel kuni Andijon viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.R tanishi U.M orqali Andijon shaharda tovlamachilik yo‘li bilan ayol U.A ishtirok etgan intim videotasvirlarni ko‘rsatib, ushbu tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, 300 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilar JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:05 19.05.2022. O'qildi: 2018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!