Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijonda tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan alyuminiy eritish sexi 6 mlrd. 782 mln. so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlandi

Andijonda tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan alyuminiy eritish sexi 6 mlrd. 782 mln. so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlandi

Yoqilg‘i - energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Andijon viloyati, Andijon shahri, “Bo‘ston” mahallasidagi “B.S.Z.” MCHJga qarashli noturar joy binosida fuqaro A.YU. tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmasdan alyuminiy eritish sexini tashkil qilib, eritish pechlarini tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulab, 6 mlrd. 782 mln. so‘mlik 4 mln 521 ming metr. kub tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.YU., “B.S.Z.” MCHJ va Andijon shahar gaz ta’minoti bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs prosessual tartibda ushlangan.

Kiritildi: 09:47 11.07.2024. O'qildi: 709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!