Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Andijonda tadbirkor sport zalida o‘z joniga qasd qildi

Andijonda tadbirkor sport zalida o‘z joniga qasd qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik tadbirkor o‘zi qurgan sport zalida o‘zini osgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat prokuraturasi bu borada rasmiy bayonot berdi.

Joriy yilning 20 avgust kuni Ulug‘nor tumani, Bobur MFY, Furqat ko‘chasida yashagan fuqaro V.A Jalaquduq tumanidagi 29-sonli maktab sport zalida o‘zini osib o‘z joniga qasd qilgan.

Marhumning tanasi sud-tibbiy ekspertizasi byurosi ekspertlari ishtirokida ko‘zdan kechirilganida uning badanida bo‘ynidagi osilishdan qolgan strangulyasion egat ko‘rinishidagi izlardan tashqari biron-bir tan jarohatlar aniqlanmagan.

Hozirda marhumning o‘z joniga qasd qilganligi sabablarini aniqlash yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, natijalari haqida qo‘shimcha ma’lum qilinadi.

Kiritildi: 15:42 21.08.2022. O'qildi: 5741 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!