Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda sud qaroriga ko‘ra uyidan ko‘chirilayotgan fuqaro o‘zini yoqib yubordi

Andijonda sud qaroriga ko‘ra uyidan ko‘chirilayotgan fuqaro o‘zini yoqib yubordi

Kecha Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limi xodimini yoqib yuborishga qasd qilingani, shuningdek, bunday xatti-harakatning sabab va oqibatlari haqida xabar berilgandi.

Kechaning o‘zida Andijonda ham sud qarori ijrosi jarayonida yana bir ko‘ngilsizlik yuz berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda uydan ko‘chirish haqidagi sud qarori ijrosidan norozi fuqaro o‘ziga o‘tib qo‘yib yuborgani haqida xabar tarqaldi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati boshlig‘i Farrux Toshpo‘latov Andijondagi voqelik xususida quyidagilarni ma’lum qildi:

— Byuroning Andijon tuman bo‘limi ish yurituvidagi fuqaro Z.G. va uning oila a’zolarini Andijon tumani, Ayrilish MFYda uydan majburiy tartibda ko‘chirish hamda da’vogar M.B.ni ushbu uyga kiritish haqida ijro hujjati mavjud bo‘lib, shu yilning 21 yanvar kuni kechga yaqin mas’ul xodimlar ijro harakatlarini amalga oshirish uchun qayd etilgan manzilga chiqishgan.  MIB xodimlari, shuningdek, da’vogar va javobgar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirish jarayonida taraflar o‘rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik sabab ijro harakatlari bir kun keyinga — 22 yanvarga qoldiriladi.

Shundan so‘ng, MIB xodimlari va ijro harakati uchun jalb qilingan boshqa shaxslar qayd etilgan manzildan chiqib ketayotgan vaqtida javobgar X.G. o‘ziga benzin sepib, o‘t qo‘yib yuboradi. Oqibatda tanasining 45 foizi kuyib, og‘ir tan jarohat bilan kasalxonaga tushadi..

Ayni paytda holat bo‘yicha Andijon tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Voqelikning qisqa tafsiloti shu. Pirovardida, alohida ta’kid etamizki, MIBda sud qarorlari muhokama etilmaydi. Balki qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari ijrosi ta’minlanishi shart. Sud qarorlari ijrosini vaqtincha to‘xtatishning qonuniy tartiblari bor. Nima bo‘lgandayam sud qarori ijrosini o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish orqali to‘xtatishga urinishni to‘g‘ri tanlov emas, deb hisoblaymiz.

Kiritildi: 14:13 23.01.2020. O'qildi: 3070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!