Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Andijonda respublikadagi eng katta avtomobil bozori ochildi

Andijonda respublikadagi eng katta avtomobil bozori ochildi

Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida yangi avtomobil bozori ochildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri voqea joyidan xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tadbirda viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi. Ushbu bozor hududiga kirgan har bir avtomobil elektron kamera orqali hisobga olinadi. Bunda mashina qancha vaqt ichida sotilgani hamda qancha muddat turgani, narxlari tablolarda ko‘rsatib boriladi. 

Tadbirda ta’kidlanishicha, eski avtomobil bozori Andijon shahar, Bog‘ishamol dahasida joylashgan edi. Bozorning umumiy  maydoni 3 gektarni tashkil etib, shundan, 2 gektar maydonida 400 ga yaqin savdo do‘konlari xizmat ko‘rsatar, avtomobil sotish maydoni esa atigi 80 sotixni tashkil etgan. Bu esa, o‘z navbatida, 600 ta transport vositalari savdosini tashkil etish imkonini bergan.

Qariyb 1000 ga yaqin transport vositalari esa ko‘cha savdosiga chiqib, sun’iy tirbandliklarni keltirib chiqarar, shuningdek, katta halqa yo‘lidagi yo‘lovchilarga, ayniqsa, hududda yashovchi aholiga noqulayliklarni tug‘dirardi.

O‘z navbatida, ko‘cha savdosi - bozor tushumiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, savdo kunida 14 million so‘m, bir yilda esa 1,5 milliarddan ortiq tushumni viloyat byudjetiga tushishiga to‘sqinlik qilgan.

Xo‘jaobod tumanidagi yangi avtomobil bozori yer maydoni va quvvati jihatidan respublikadagi eng katta avtomobil bozori hisoblanib, umumiy maydoni 8 gektarni (eski bozordan 10 barobar katta), shundan avtomobil sotish maydoni 6 gektarni tashkil etadi. Bozor bir vaqtning o‘zida keng va qulay sharoitda 4 mingdan ortiq avtomobillarni qamrab olish quvvatiga ega.

Mazkur majmuada 20 milliard so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirilib, 150 ta zamonaviy savdo do‘konlari barpo etildi. 

Kiritildi: 10:54 06.07.2019. O'qildi: 1976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!