Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Andijonda pichoqbozlik: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijonda pichoqbozlik: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Andijon. 2020 yilning 06 mart kuni soat 18:00 da Andijon shahar Tiklanish ko‘chasida 17 yoshli SH.A. va 19 yoshli I.Q.,lar o‘zaro tortishib, janjallashib qolganlar, janjal vaqtida SH.A., yonida bo‘lgan pichoq bilan I.Q. ning biqin qismiga urib jarohat yetkazgan. Natijada I.Q., kasalxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davomida pichoq o‘rnatilgan tartibda olingan, SH.A., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 19:46 10.03.2020. O'qildi: 2511 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!