Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Andijonda narkograffiti bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Andijonda narkograffiti bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Joriy yilning 15 noyabr kuniga o‘tar kechasi Toshkent shahridan reklama uchun kelgan ikki nafar shaxslar – 1995 yilda tug‘ilgan CH.E. va A.SH.lar Andijon shahar hududida devorlarga narkograffiti yozayotganida ushlangan.

Dastlabki surishtiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, ular Internet tarmog‘i orqali kelib tushgan taklifga ko‘ra viloyatlarga borib, har bir narkograffiti uchun moddiy manfaatdorlik evaziga reklama qilayotgani hamda manbaini bilmasligi va tanimasligini ma’lum qilishgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Andijon shahar IIO FMB 4-IIB xodimlari tomonidan ko‘p qavatli uylar faollarining yashash uylarini ta’miriga ziyon yetkazgani uchun ushbu shaxslarga e’tiroz bildirganida, ushbu 2 nafar shaxslar janjallashganlik holati bo‘yicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194-195-moddalariga asosan hujjatlar to‘planib, qonuniy chora ko‘rish uchun sudga yuborish choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 08:42 16.11.2021. O'qildi: 2564 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!