Oltinko‘l tumanida yashovchi ayolga kelinlik xonadonidan 55 xil turdagi buyumlari olib berildi.
Majburiy ijro byurosi Oltinko‘l tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatiga asosan, undiruvchi G.X.ga qarzdor J.Z.dan jami 55 turdagi mol-mulklari qaytarib berilishi belgilangan.
Qayd etilgan mol-mulklar ro‘yxatidan kelinning sepi tariqasida olib kelingan kiyim-kechak, mebel, maishiy jihozlar va xo‘jalik anjomlari joy olgan.
Kelinning sepini olib berish bo‘yicha Byuroning Oltinko‘l tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ijro harakatlari davomida hujjatda ko‘rsatib o‘tilgan barcha mol-mulklar undiruvchiga olib berilishi ta’minlandi.