Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda IIB xodimini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan uch kishi ustidan sud ishi boshlandi

Andijonda IIB xodimini o‘ldirganlikda gumonlanayotgan uch kishi ustidan sud ishi boshlandi

25 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyati sudida 2018 yilning 22 noyabrida Izboskan tumani Yuqori Chuvama mahalla fuqarolari yig‘ini hududida xizmat olib borayotgan ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatib, tuman IIB jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili Ilhomjon Haydarov o‘limida gumonlanayotgan uch kishiga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda Daryo ga viloyat sudining sudya katta yordamchisi Komronshoh Rasulov ma’lum qilmoqda.

Uning xabar berishicha, 25 mart kunidagi sud majlisida sudlanuvchilar A.J., S.J. va Z.Q.larga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi ( Qasddan odam o‘ldirish ) 2-qismining g , j , l , p bandlari, 109-moddasi ( Qasddan badanga yengil shikast yetkazish ) 2-qismi, 219-moddasi ( Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish ) 2-qismi bilan ayblanib jinoyat ishi ko‘rilayotgani e’lon qilindi.

Sud raisi davlat ayblovchisi, himoyachi, sudlanuvchilar, jabralanuvchilar, guvohlarga huquq va majburiyatlarini tushuntirib o‘tdi.

Sud jarayoni davom etmoqda. Sud ayblanuvchilar tergov davomida bir-biriga qarama-qarshi ko‘rsatmalarni berganligi sababli, qonun doirasida har biriga alohida himoyachi yo‘llashni so‘rab, 27 mart sanasigacha tanaffus e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ilhomjon Haydarov 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni arafasida O‘zbekiston Prezidentining Farmoni bilan vafotidan so‘ng Jasorat medali bilan taqdirlangan edi.

Kiritildi: 18:05 26.03.2019. O'qildi: 2052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!