Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Andijonda ichki ishlar xodimlari katta jinoyatning oldini olishdi

Andijonda ichki ishlar xodimlari katta jinoyatning oldini olishdi

Andijon. 2020 yilning 22 iyul kuni soat 17:00 da Xonobod shahar Kampirrovot MFYda yashovchi 36 yoshli O.M., farzandi 16 yoshli voyaga yetmagan A.N., bilan bir nechta tengdoshlari urishmoqchi ekanligini eshitib qolib, farzandi A.N., ni Xonobod shahar Obi-hayot ko‘chasiga olib borib, u yerda bo‘lgan voyaga yetmaganlar: 16 yoshli M.A., O.A., K.A., X.N., E.T. hamda E.P., larning yo‘lini to‘sib, ulardan qay biri farzandi A.N., bilan birga-bir urishmoqchi ekanligini so‘rab, dalaga olib o‘tib, M.A. va O.A., lar bilan o‘g‘lini birga-bir urushtirgan.

Janjal vaqtida M.A., ning tanishlari janjalga aralashganligi uchun O.M., farzandining tengdoshlari bo‘lgan M.A., O.A. va X.N.,larni urib tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng, M.A. va O.A., lar ota-o‘g‘il bilan urushni davom ettirish maqsadida o‘zlarining 14 nafar tarafdorlarini chaqirishib, O.M. va uning farzandi A.N., larni urmoqchi bo‘lishib, Xonobod shahar Kampirrovot MFYda to‘planishgan vaqtida, bundan Xonobod shahar IIB xodimlari xabar topib, hodisa joyiga yetib borishgan hamda ushbu shaxslarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida IIB binosiga olib kelishgan.

Mazkur holat yuzasidan Xonobod shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, M.A. va O.A. hamda ularning 14 nafar tarafdorlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Kiritildi: 09:23 26.07.2020. O'qildi: 6284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!