Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Andijonda fuqaroni Polshaga ishga jo‘natishni va’da qilgan MCHJ rahbari ushlandi

Andijonda fuqaroni Polshaga ishga jo‘natishni va’da qilgan MCHJ rahbari ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan “L.H.” MCHJ rahbari A.T. fuqaro R.dan uni Polsha davlatiga yuk tashish avtomashina haydovchiligi vazifasiga ishlash uchun tanishlari orqali ishga yuborishni 3 500 AQSh dollariga kelishib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, MCHJ rahbari A.T. muqaddam fuqaro M.X. va boshqalarni xorijiy davlatlarga ishga yuborishga ishontirib, ularning jami 4 200 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:40 22.01.2022. O'qildi: 2530 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!