Ma’lumotlarga ko‘ra, Andijon shahar obodonlashtirish boshqarmasi dekorativ o‘simliklar qalamchalarining har bir donasini salkam yetti yuz million so‘mdan sotib olgan.
Masalan, boshqarma dekorativ o‘simliklar qalamchalari «Cherenki dekorativnix rasteniy» ko‘chatlarining 1 (bir) donasini «GULLAR VA LANDSHAFT» MCHJdan 698,700,000 (olti yuz to‘qson sakkiz million yetti yuz ming) so‘mdan, «YATT NASIRDINOVA MUXAYYOXON ODILJON QIZI»dan 698,650,000 (olti yuz to‘qson sakkiz million olti yuz ellik ming) so‘mdan, «YATT TAXIROV ABDULVOXID VASILOVICH»dan 598,700,000 (besh yuz to‘qson sakkiz million yetti yuz ming) so‘mdan sotib olgan.