Aniqlanishicha, bugun soat 8:00 lar atrofida, Andijon shahri Ishchilar mahallasi, Navoiy shoh ko‘chasi ustidan kesishgan ko‘prikda Andijon tumani, Qo‘shchinor mahallasi, Qo‘shqayrag‘och ko‘chasi 36-uyda yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan T.Z. ruhiy holati o‘zgargani oqibatida ko‘prik ustiga chiqib o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan.
Voqea joyiga zudlik tergov-tezkor guruhi a’zolari chiqib, boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu ko‘ngilsiz holatning oldi olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.