Tergovga ko‘ra, bir guruh shaxslar 9 ta MCHJ orqali soxta hisob-fakturalar rasmiylashtirib, go‘yoki 1,1 trln so‘mlik savdo amalga oshirilganini ko‘rsatgan.
Natijada 100 mingdan ortiq fuqaro nomiga “Soliq Mobile” orqali keshbek rasmiylashtirilib, byudjetning 35,1 mlrd so‘m mablag‘i talon-toroj qilingan.
⚖️ Holat yuzasidan o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va hujjatlarni qalbakilashtirish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.