Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Andijonda 11 ta to‘yda karantin talablariga rioya qilinmadi

Andijonda 11 ta to‘yda karantin talablariga rioya qilinmadi

Andijonda to‘y marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, joriy yilning 1 avgust kunidan 7 sentyabr kuniga qadar Qo‘rg‘ontepa, Marhamat, Asaka, Jalaquduq, Shahrixon hamda Xo‘jaobod tumanlarida o‘tkazilgan jami 11 ta to‘y marosimlarida belgilangan karantin talablariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston MJtKning 54-modda 2-qismiga asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Qonuniy chora ko‘rishlik uchun Andijon viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Kiritildi: 11:46 09.09.2020. O'qildi: 2732 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!