Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Andijonda 10 yildan beri farzand ko‘rmayotgan ayol bir yo‘la uch egizakni dunyoga keltirdi

Andijonda 10 yildan beri farzand ko‘rmayotgan ayol bir yo‘la uch egizakni dunyoga keltirdi

Andijon viloyati Baliqchi tumanida ayol uch egizakni dunyoga keltirdi. 

Tumanda yashovchi Javlonbek va Muyassarxon Mamatqulovlar oila qurganiga 10 yil bo‘lgan edi. Lekin shu vaqt orasida ular farnzand ko‘rishmadi. Mana shuncha yillik sabr va er-xotinning bir-birini tushiniishi natijasida oradan o‘n yil o‘tib ular farzandli bo‘lishdi, bir yo‘la uch egizak. Hozirda chaqaloqlar va onaning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda. Egizaklarga Fotima, Muhammadaziz va Zuhra deb ism qo‘yildi. 

Shu o‘rinda oila boshlig‘i Javlonbek yosh oilalarga sabrli bo‘lish, har kimning gapiga quloq solavermaslik va arzimagan sabablarga ko‘ra ajrashib ketmaslikni maslahat bergan.
 

Kiritildi: 11:39 07.08.2019. O'qildi: 2368 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!