O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 3 martdagi farmoyishiga muvofiq, Mirzayev Adxamjon Akramovich - besh yil muddatga Andijon viloyat sudining raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Adxamjon Akramovich Mirzayev 1981 yilda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Namangan viloyat sudi raisining o‘rinbosari — jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida faoliyat olib borgan.