Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Andijon shahrida giyohvandlik vositasini sotayotgan ikki nafar erkak qo‘lga olindi

Andijon shahrida giyohvandlik vositasini sotayotgan ikki nafar erkak qo‘lga olindi

Andijon viloyati IIB JQB hamda Andijon shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda Andijon shahar hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Andijon shahrida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro B.K hamda uning sherigi Andijon shahrida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro T.Alar birgalikda xolis xaridorga jami 1,41 gramm «gashish» giyohvandlik moddasini 200 000 ming so‘mga sotayotganida ushlandi.

Shuningdek, fuqaro T.Aning yonida 7,3 gramm «gashish» giyohvand moddasi hamda giyohvand moddalarni vaznini o‘lchashda foydalangan elektron tarozi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:29 02.09.2022. O'qildi: 1385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!