Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Andijon hokimi bilan uchrashgan yoshlarga muammolarni gapirmaslik uqtirildimi?

Andijon hokimi bilan uchrashgan yoshlarga muammolarni gapirmaslik uqtirildimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida “Hokimi bilan uchrashuvda qatnashganlarga muammolarni gapirmaslik kerakligi uqtirildi” degan ma’noda murojaatnoma tarqalgan edi.

Unda, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning “Shabboda” lageriga kelishi arafasida byudjet xodimlari majburan ishlatilganihaqida yoziladi.

Shuningdek, viloyat hokimi 5 fevral kuni uni kutib turgan yuzlab fuqarolar oldida to‘xtamay, Xo‘jaoboddagi to‘yga ketib qoldi va tabiiy gaz muammosini ko‘tarmoqchi bo‘lgan odamlar sovuqda soatlab kutdi, deyiladi. Keyinroq hokim kelgach, uchrashuvga mahalla yoshlari olib borildi. Ularga muammolarni aytmaslik tayinlandi.Ko‘zbo‘yamachilik uchun uchrashuvda qatnashgan yoshlarga kamzul ham kiydirildi. Xullas, viloyat hokimi bilan uchrashuv ssenariy asosida o‘tkazildi, deyiladi xabarda.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati 

Ushbu murojaatnoma yuzasidan Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

“Ushbu murojaat yuzasidan Baliqchi tumani hokimligi hamda viloyat hokimligi Matbuot xizmati hamkorligida ishchi guruh tuzilib, masala atroflicha o‘rganib chiqildi.

Xususan, xabarda “Viloyat xokimi 5 fevral kuni uni kutib turgan yuzlab fuqarolar oldida to‘xtamay, Xo‘jaoboddagi to‘yxonaga ketib qoldi”, -deb yozilgan. Viloyat hokimi avvalo, Xo‘jaoboddagi to‘yxonaga emas, Fayziobod mahalla guzariga to‘plangan yoshlar oldiga emas, o‘sha joyda hozir bo‘lgan oddiy fuqarolar, mahalliy aholi oldiga borib, ulardan hol-ahvol so‘rab, bugungi tashrifdan maqsadini bayon qilgan hamda agar murojaatlar bo‘lsa kun davomida fuqarolarni qabul qilishi mumkinligi haqida eslatib o‘tgan.

Qolaversa mana shunday kun tartibi barcha tumanlarda ham takrorlanyapti, masalan Asaka tumanida ham aslida yoshlar bilan uchrashuvga borgan viloyat rahbari, oxirgi murojaatchiga qadar qadar mahalliy fuqarolarni qabul qilgan.

Vaholanki, Baliqchi tumanida muammosi bor yuzlab odamlar sovuqda soatlab turganlari yo‘q. Yana ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarda “Viloyat hokimi bilan uchrashuvda qatnashgan yoshlarga muammolardan gap ochmaslik uqtirildi”,- deb yozilgan.

Uchrashuvda yoshlarimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri viloyat hokimiga o‘z murojaatlari bilan chiqqanligi , muammolari joyida hal etilganligi haqida ma’lumotda keltirilmagan, deyiladi hokimlik xabarida.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabar asossiz va yolg‘on ma’lumot ekanligini ma’lum qilingan.

Kiritildi: 17:42 21.02.2020. O'qildi: 3172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!