Anapada yangi «DiLUCh» SPA-kompleksining poydevoriga xabar va «Sputnik V» vaksinasining bir dozasi bilan vaqt kapsulasi ko‘mildi. Bu haqda RIA Novosti shahar ma’muriyati matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, kapsula shahar hokimiyati va majmua rahbariyati tomonidan 18 fevral, payshanba kuni ko‘milgan bo‘lib, xabarni faqat 2100 yilda ochish mumkin.
Ma’lum qilinishicha, kapsulada preparatning bir dozasi bilan birga tibbiy niqob va qo‘lqop ham solingan. Xabarda esa kelajak avlodlar pandemiya kabi falokatni boshqa hech qachon bilmasliklariga umid bildirilgan.