Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Yaponiyalik qariya bir yil davomida vafot etgan rafiqasi bilan yashadi

Ana xolos! Yaponiyalik qariya bir yil davomida vafot etgan rafiqasi bilan yashadi

Yaponiyaning Fukuoka prefekturasida 74 yoshli pensioner 2017 yilning oktyabr oyida vafot etgan rafiqasini bir yildan ortiq vaqt davomida dafn etmadi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.

Rafiqasining vafotidan keyin 74 yoshli Okuda Yosixisa uning qoldiqlari bilan birga yashashni davom ettirgan. Jasaddan chiqadigan hidni yo‘qotish uchun erkak uni havo namlantiruvchi vositalar bilan o‘rab qo‘ygan.

Keksa erkakning uyi buzilishga tushganda, u jasadni qoldirib ketgan. Murdani uyni ko‘zdan kechirgan ishchilar topgan. Ular bu haqda polisiyaga xabar bergan. Shundan so‘ng Yosixisa qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, ayolning hayotligida uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan. U nikohni rasman qayd etmagan va erining nafaqasiga yashagan.

Kiritildi: 10:27 20.12.2018. O'qildi: 1968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!