Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Turkiyadagi “Avliyo Sofiya”ni qaytadan muzeyga aylantirish talab qilindi

Ana xolos! Turkiyadagi “Avliyo Sofiya”ni qaytadan muzeyga aylantirish talab qilindi

Turkiyaning Liberal demokratik partiyasi Istanbulda masjidga aylantirilgan “Avliyo Sofiya”ni qaytadan muzey holatiga qaytarish talab bilan chiqdi. 

“Davlat kengashining “Avliyo Sofiya”ni muzeyga aylantirish haqidagi qarorni bekor qilishi Prezident ma’muriyatining “Avliyo Sofiya”ni avvalgi maqomiga qaytarishi uchun asos emas. Mavjud xalqaro bitimlarga binoan madaniy meros ob’ekti hisoblanuvchi “Avliyo Sofiya”ni asrash zarur”, – deyiladi partiya tarqatgan bayonotda. 

Partiyaning iddaosiga ko‘ra, “Avliyo Sofiya”ning masjidga aylantirilishi madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish bo‘yicha YUNESKO konvensiyasiga ziddir.  

Partiya yetakchisi Gultekin Tirpanji imzolagan bayonotda “Avliyo Sofiya”ni masjidga aylantirish bo‘yicha 10 iyulda qabul qilangan qaror mazkur obidaning olamshumul qiymatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aytilgan.  

Liberal demokratik partiyaga 1994 yilda asos solingan bo‘lib, Turkiyaning kichik partiyalaridan biri hisoblanadi. Bir paytlar Turkiyada marixuanani qonuniylashtirish taklifi bilan chiqqan edi. 

Kiritildi: 09:30 09.08.2020. O'qildi: 4613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!