AQSh prezidenti Donald Tramp va uning ukalari va singillari "New York Times" xabariga ko‘ra, soliq tizimida sodir etgan firibgarliklari sabab javobgarlikka tortilganlar. Buning isboti sifatida, nashriyot amaldagi prezidentning otasining 200 dan ortiq soliq deklarasiyalari ko‘rsatilgan.
Ma’lum qilinishicha, Donald Tramp soxta firma yaratib, u orqali ota-onasi tomonidan unga sovg‘a sifatida berilgan millionlab dollarni sarflagan. Bundan tashqari, Tramp ko‘chmas mulk qiymatini tushirgan. Ushbu rejalar bilan hozirgi prezident va uning aka-uka hamda opa-singillari ota-onasiga soliqdan qochishga yordam berganlar.
Trampning advokati Charlz Xarder nashrni sharhlab, uni noto‘g‘ri deb aytdi. Gazetaga ko‘ra, Tramp otasining firmasidan hozirgacha 413 million dollarga teng miqdorda pul olgan. Gazetada yozilgan firibgarlik hollari esa 90-yillarda sodir bo‘lgan ekan.