Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Toshkentda karantinga qaramay, o‘tkazilayotgan o‘y to‘xtatildi (VIDEO)

Ana xolos! Toshkentda karantinga qaramay, o‘tkazilayotgan o‘y to‘xtatildi (VIDEO)

Toshkentning Yunusobod tumani Markaz-4 dahasida 28 mart kuni an’anaviy to‘yning tarkibiy qismi hisoblangan kuyov-navkar marosimi o‘tkazilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videoxabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan IIV matbuot xizmati bayonot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Yunusobod tumani Markaz-4 dahasi 22-uy oldida 28 mart kuni kuyov-navkar marosimi o‘tkazilgan. Voqea joyiga profilaktika inspektorlari borib, marosimda ishtirok etuvchilarning barini IIBga olib kelgan.

«Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi IIV axborotida. Qo‘shimcha qilinishicha, kuyov-navkarni qabul qilib olgan xonadon egasi bir kun avval — 27 mart kuni to‘y o‘tkazmaslik bo‘yicha rasman ogohlantirilgan.

Kiritildi: 21:37 28.03.2020. O'qildi: 4121 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!