Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Taniqli aktrisani boshqa bir ayol bilan “qo‘lga tushirishdi” (foto)

Ana xolos! Taniqli aktrisani boshqa bir ayol bilan “qo‘lga tushirishdi” (foto)

Paparassiyalar taniqli Gollivud aktrisasi Demi Murni 2 yoshli qiz hamda sevgilisi bo‘lgan boshqa bir stilist ayol bilan “qo‘lga tushirishdi”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ikki juftlik birga yashashadi va stilistning qizini tarbiyalashadi.

Demi Mur shu paytga qadar Eshton Ketcher, Bryus Uillis va Emilio Esteves kabi aktyorlar bilan uchrashgan. Ammo aktrisaning aytishicha, u bulardan ayollik baxtini topmagan. Shu bois o‘ziga umr yo‘ldosh sifatida ayol kishini tanlashga qaror qilgan. Paparassiyalar esa uni 44 yoshli serbiyalik stilist Mashi Mandzuki bilan “tutib olishdi”, deb yozadi “Mirror.

Xabarga qaraganda, juftlik Mashining Rumi ismli ikki yoshli qiziga kiyim xarid qilishayotganda suratga olingan.

Demi va Mashining “munosabatlari” o‘tgan yilning iyulida boshlangan. Ular shuningdek 5 yashar o‘g‘il farzandni ham tarbiyalashadi.

Ta’kidlash joizki, bunday munosabatlarni aslo oqlab bo‘lmaydi. Yevropada tobora ommalayotgan bu illat qanchalik beo‘xshov va jirkanch ekanligini quyidagi suratdan ham bilib olsa bo‘ladi.

Yaratganning O‘zi bizni bunday illatlardan asrasin.

 

Kiritildi: 16:41 08.12.2018. O'qildi: 8268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!