Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ana xolos! Ronaldu bolaligidan «Yuventus»da o‘ynashni orzu qilgan ekan

Ana xolos! Ronaldu bolaligidan «Yuventus»da o‘ynashni orzu qilgan ekan

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu doimo shu klub safida o‘ynashni orzu qilganini aytib o‘tdi. So‘nggi 9 mavsumni «Real»da o‘tkazgan futbolchi JuventusTV`ga bergan intervyusida bu haqdagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Yuventus» - buyuk klub. Bolaligimdan bu jamoani kuzatib, bir kun kelib uning tarkibida o‘ynashni orzu qilganman. Mana endi shu yerdaman.

Bu klubga o‘tish qaroriga kelgan vaqtimni aniq eslay olmayman. Chempionlar ligasida «Yuve» bilan o‘ynagandik. O‘shanda gol urganimda butun stadion meni olqishlagandi. Bundan juda ta’sirlangandim. Shundan buyon jamoa menda yanada ko‘proq qiziqish uyg‘ota boshladi. Ayni shu voqea hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi, deya olmayman, biroq uning muhim rol o‘ynagani rost», - dedi Ronaldu.

A Seriyada yangi mavsum 19 avgust kuni start oladi. Amaldagi chempion «Yuventus» ilk turda «Kyevo» mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yin Krishtianuning turinliklar safidagi ilk rasmiy o‘yini bo‘lish kutilmoqda.

Manba: tribuna.uz

Kiritildi: 12:54 12.08.2018. O'qildi: 1859 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!