Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Poytaxtda viloyatdan kelgan, "propiska"si bo‘lmagan ayollarga hech narsa sotilmayapti

Ana xolos! Poytaxtda viloyatdan kelgan, "propiska"si bo‘lmagan ayollarga hech narsa sotilmayapti

12 noyabr kuni Ashxobodning 30-mikrorayonida joylashgan davlatga qarashli "Qoraqum" do‘koni sotuvchilari viloyatdan kelgan ayollarga hech narsa sotishni istashmadi, deya xabar beradi mahalliy manbalar.

Sotuvchilar ayollardan poytaxt propiskasi va uy ma’muriyatining guvohnomalarini so‘rashgan. Ayollarda esa bu hujjatlar bo‘lmagan. Ayollardan biri Dashoguz viloyatidan, ikkinchisi Turkmanoboddan.

– Viloyatlarda ish yo‘q. Bu yerda davlat tashkilotida yarim rasmiy ravishda ishlaymiz. Kvartirani ijaraga olamiz. Mahsulotlarni davlat do‘konlaridan sotib olib, oziq-ovqatni tejashga harakat qilamiz. Endi biz bu imkoniyatdan mahrum bo‘ldik , – dedi ayollardan biri.

Do‘konlarda navbatlar tanqis oziq-ovqatlarni: un, non, tuxum, o‘simlik yog‘ini sotish paytida yuzaga keladi. Qoida tariqasida, davlat do‘konlarida polisiya navbatchilik qiladi.

Avvalroq nashr ishsizlar davlat do‘konlaridan mahsulot topish maqsadida qayta sotilayotgani haqida xabar berishgan.

Kiritildi: 16:50 13.11.2019. O'qildi: 4263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!