Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Ana xolos! Ota-ona qiziga "Rossiya" deb ism qo‘ydi

Ana xolos! Ota-ona qiziga "Rossiya" deb ism qo‘ydi

Moskva viloyatidagi Orexovo-Zuyevo shahrida istiqomat qiluvchi Oleg va Inna Solnishkin qiz farzandiga Rossiya deb ism qo‘yishdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

“Masalan, bolalarga Yuriy Gagarin sharafiga ism qo‘yilgan. Men Rossiyani juda yaxshi ko‘raman va shu orqali o‘z muhabbatimni izhor qildim. Men dunyo bo‘ylab sayohat qildim, ammo har doim uyimga tortadi. Rossiyadan yaxshiroq mamlakat yo‘q”, - deydi qizning otasi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Murmansk va Sankt-Peterburgda ham qizlarga huddi shunday ism qo‘yilgan.

Bolaning onasi ham turmush o‘rtog‘ining qarorini qo‘llab quvvatladi. Oilaning yaqinlari maktabda Rossiyani hech kim xafa qilmasligiga ishonishadi.

 

Kiritildi: 14:52 07.10.2019. O'qildi: 4107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!