Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Non uchun navbatda turish davomida bir qariya fojiali tarzda vafot etdi

Ana xolos! Non uchun navbatda turish davomida bir qariya fojiali tarzda vafot etdi

Turkmanistonning Baymali shahrida 27 mart kuni 65-70 yoshlardagi qariya vafot etdi, deb xabar berdi Xroniki Turkmenistana .

Do‘kon oldida sodir bo‘lgan voqea soat 15:00-16:00 da boshlangan. O‘z navbatiga ham qaramasdan odamlar non olish uchun bir-birlarning ustilariga chiqib ketishgan, natijada tartibsizlik kelib chiqqan. Ayni shu jarayonda qariya odamlarning orasida qolib ketib, vafot etgan.

Turkmaniston hududlarida don yetishmovchiligi davom etmoqda. Do‘konlarga yangi nonlarni yetkazib berishning aniq jadvalini bilmasligi sabab odamlar do‘konlar oldida soatlab turishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Non kelganda esa katta tartibsizliklar yuzaga kelmoqda. Maqolada aytilishicha, mojarolar va hatto janjallar ham ko‘payib bormoqda.

Poytaxtda ham non yetishmovchiligi kuzatilmoqda.

Kiritildi: 08:00 01.04.2019. O'qildi: 2868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!