Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ana xolos! Erkak avval tojikistonlik xotinini o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Ana xolos! Erkak avval tojikistonlik xotinini o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Amerikalik diplomat tojikistonlik turmush o‘rtog‘i Lola G‘ulomovani otib o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

45 yashar ayolning o‘q izlari bo‘lgan jasadi 7 iyun kuni Vashingtondagi uyidan topildi. Shu kuni er-xotin ajrashish jarayonini yakunlash uchun sudga borishi lozim edi.

Polisiya eshikni sindirib, uy ichiga kirganida G‘ulomovaning eri — AQSh Davlat departamenti xodimi Jeyson Riff ham o‘zini otdi. U keyinchalik kasalxonada boshidan olingan jarohat tufayli vafot etdi.

Jeyson Riff va Lola G‘ulomova shu yil mart oyida 18 yillik turmushdan so‘ng ajrashishga qaror qilgandi. Er-xotinning fojia payti uydan tashqarida bo‘lgan 2 nafar qizi bo‘lib, ulardan kattasi shu kuni maktabni tamomlayotgandi.

Oxirgi vaqtlarda AQSh Savdo vazirligida ishlayotgan Lola G‘ulomova yangi 4 yillik shartnomani imzolagan va 2020 yilda Belgradga jo‘nab ketishi lozim edi. U o‘zi bilan qizlarini ham olib ketmoqchi bo‘lgan, biroq Riff bundan norozi edi.

Kiritildi: 11:45 10.06.2019. O'qildi: 1753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!