Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari to‘xtatildi

Ana xolos! Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari to‘xtatildi

AstraZeneca va Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksinaning so‘nggi klinik sinovlari to‘xtatildi. Vaksina Buyuk Britaniyadagi ishtirokchilardan biriga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 

AstraZeneca-Oksford universiteti vaksinasi dunyoda ishlab chiqarilayotgan o‘nlab vaksinalardan biridir. Vaksina 1- va 2-bosqichlarda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazildi. Shuning uchun, birinchilardan biri bo‘lishiga katta umidlar bor edi.

So‘nggi haftalarda AQSH, Buyuk Britaniya, Braziliya va Janubiy Afrikadan taxminan 30 ming kishi test sinovlarining uchinchi bosqichiga qatnashish uchun ariza topshirgan.

Uchinchi bosqich vaksinasini sinovdan o‘tkazish odatda minglab ishtirokchilarni o‘z ichiga oladi va bir necha yil davom etishi mumkin.

Kiritildi: 09:15 09.09.2020. O'qildi: 2631 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!