Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Ana xolos! Buxorolik haydovchiga nega 1 mlrd so‘mdan ortiq jarima haqidagi ogohlantirish xati keldi? (foto)

Ana xolos! Buxorolik haydovchiga nega 1 mlrd so‘mdan ortiq jarima haqidagi ogohlantirish xati keldi? (foto)

Buxorolik haydovchiga yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun 1 milliard so‘mdan ortiq jarima qo‘llangani haqida ogohlashtirish xati keldi.

Lacetti haydovchisiga kelgan jarimaning aniq miqdori 1 milliard 13 million 652 ming 19 so‘mni tashkil qildi. Blankada bu summa raqam va so‘z bilan yozilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardan bu fotoga ko‘plab kulgili izohlar qoldirildi. Kimdir Haydovchi vertolyotni quvib o‘tgan bo‘lsa kerak deb taxmin qilgan bo‘lsa, yana boshqasi Bu vip-tarif narxi, to‘laysan va bilganingcha yuraverasan deya sharhlagan.

Foydalanuvchilardan biriga ko‘ra, ogohlantirish uning tanishiga kelgan. Jarimaning miqdori noto‘g‘ri yozilgan bo‘lib, kompyuter uning summasiga yil 2019 ni qo‘shib qo‘ygan.

Aslida jarima eng kam ish haqining yarmi 101 365 so‘mni tashkil etgan.

Kiritildi: 10:06 13.04.2019. O'qildi: 3915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!