Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Ana xolos! Ukrainada bojxona xodimlari noqonuniy niqob savdosi bilan shug‘ullangan

Ana xolos! Ukrainada bojxona xodimlari noqonuniy niqob savdosi bilan shug‘ullangan

Kiyev bojxonachilari tibbiy niqoblarni Ispaniyaga noqonuniy eksport qilishda ayblandi. Bu haqda Kiyev prokuraturasi o‘zining feysbukdagi sahifasida xabar berdi.

Bojxona xodimlari bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan holda niqoblarni arzon narxlarda yetkazib berishgan.

Ularga nisbatan mansab vakolatini suiiste’mol qilganlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Ukrainada tibbiy niqoblar kontrabandachilar orasida eng mashhur tovarga aylangani haqida xabar berilgan edi. Xususan, ichki ishlar vaziri Arsen Avakov mamlakatdan bir yarim tonna tibbiy niqoblarni olib chiqishga urinishgani haqida e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonunbuzarlar tibbiy niqoblarni Italiya va Birlashgan Arab Amirliklariga olib chiqishga harakat qilishgan.

Kiritildi: 18:56 24.03.2020. O'qildi: 3390 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!