Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

"An-Nasr" prezidenti Ronaldu bilan shartnoma detallarini aytdi

A A A
"An-Nasr" prezidenti Ronaldu bilan shartnoma detallarini aytdi

Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi prezidenti Muhammad Al Muammar yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan hamkorlik tafsilotlari haqida gapirdi.

“Biz Krishtianu bilan nafaqat futbolchi sifatida kelishuvga erishdik. Biz uning tijorat huquqlarini oldik, u mavsum oxirida faollashadi. Ular turistik tomonga va yana ko‘p narsalarga ta’sir qiladi. Men har doim “An-Nasr” futbolchilariga qo‘ldan kelganicha harakat qilishlarini aytaman, chunki hozirda o‘yinlarimizni 50 dan ortiq kanallar ko‘rsatadi”, — deya bosh so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com.

Ronaldu shu yil boshida "An-Nasr"ga o‘tgandi. Saudiya Arabistonida u yiliga 200 million yevro maosh oladi.

Kiritildi: 11:45 23.05.2023. O'qildi: 2385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!