Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

«An-Nasr» endi Modrichga da’vogar

«An-Nasr» endi Modrichga da’vogar

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich qishki transfer oynasida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Saudiyaning Okaz nashri xabariga ko‘ra, Ar-Riyod klubi Krishtianu Ronaldudan keyin xorvatiyalik yarimhimoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. «An-Nasr» Modrichga yiliga 40 million yevroli 2,5 yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqda.

«Real» qishki transfer oynasida Modrichni sotishni rad etsa, arab klubi xavbekni yozda erkin agent sifatida taklif etish masalasini ko‘rib chiqadi.

Ma’lumot o‘rnida, Modrich joriy mavsum La Ligada 16 o‘yinda 3ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 23:09 24.01.2023. O'qildi: 2251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!