Toshkent shahar hokimligiga ko‘ra, Yunusobod tumanida obodonlashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan xiyobon hududi butun perimetri bo‘ylab yopiladi. Cheklovlar Maxtumquli, Istiqbol, Sayilgoh ko‘chalari, shuningdek, Amir Temur va Mustaqillik shohko‘chalari oralig‘idagi hududga taalluqli.
Bu vaqt ichida piyodalar yo‘laklari ta’mirlanadi, muhandislik kommunikasiyalari va sug‘orish tizimi yangilanadi, hududda ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham olib boriladi.
Hokimlik ma’lum qilishicha, ishlar davomida mavjud daraxtlarga zarar yetkazilmaydi. Aksincha, qo‘shimcha ko‘chat ekish rejalashtirilgan.
Shuningdek, belgilangan muddat ichida xiyobon hududiga olib chiquvchi metro bekatlari chiqish yo‘llari ham vaqtincha yopiladi. Avtomobillar harakati esa tutash ko‘chalarda odatdagidek saqlanib qoladi