So‘nggi 40 yildagi eng yuqori inflyasiya fonida Qo‘shma Shtatlarda narxlar hatto eng zarur tovarlar uchun ham oshib bormoqda – deb yozadi Bloomberg.
Shu sababli, amerikaliklar oziq-ovqat, tuxum, sut, sharbatlar va nonga bo‘lgan talabni kamaytirmoqda.
Ba’zi ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlariga talab pasayib borayotganini kuzatib, narxlarni oshirishni davom ettirishga majbur.
Ular juda qiyin ahvolda qolishmoqda, bir tomondan xomashyo qimmatlashganda, ikkinchi tomondan non narxini 20 dollarga oshira olmaydigan holga kelib qolishmoqda.
"Odamlar inflyasiyani ular muntazam ravishda sotib oladigan narsalarda aks etganda seza boshlaydilar" – deb xulosa qiladi Bloomberg.